Xitoyning Sinin shahrida dengiz sathidan 2,2 ming metr balandlikda joylashgan dunyodagi birinchi akvarium ochildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, akvarium maydoni 28 ming kvadrat metrni tashkil etadi. U meduzalar, beluga, delfinlar hamda boshqa dengiz jonzotlariga mo‘ljallangan bir nechta zonalardan iborat.
Mazkur akvariumdan yerda yashovchi hayvonot olamining 100 ortiq hamda dengiz jonzotlarining 400 dan ortiq turi yashaydi. Yaponiyadan keltirilgan sakkizta delfin akvariumning “yulduzi”ga aylanishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda akvarium test rejimida ishlamoqda. Rasmiy ochilishi 18-avgustga rejalashtirilgan. Majmuaga jami 2 mingga yaqin tashrif buyuruvchi sig‘adi.
Izoh (0)