Rossiyada yil boshidan beri yengil avtomobillarni sotish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan dilerlik markazlari soni 74 taga kamaydi.
Dilerlik markazlari eng ko‘p yopilgan markalar safida birinchi o‘rinni Xitoyning Lifan brendi egallagan — 34 ta. Ikkinchi o‘rinda Ravon qayd etilgan —18 ta. Uchinchi o‘ringa yana bir Xitoy brendi — Chery (12) joylashgan.
Dilerlik markazlari sonini ko‘paytirgan kompaniyalar qatorida Xitoy ishlab chiqaruvchilari yetakchilik qilmoqda. JAC (42 ta), Haval (+27) va Changan (8) shular jumlasidan.
Izoh (0)