• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputatlar avtomobil oynalarini qoraytirish masalasini qanday hal qilmoqchi?

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Unda O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi deputatlari, partiya faollari, ekspertlar, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi va “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

    Yig‘ilishni O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari Narimon Umarov olib bormoqda.

    Yig‘ilishda dastlab Prezident raisligida 15-iyul kuni uzluksiz professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ko‘tarilgan muhim vazifalar muhokama etildi.

    Fraksiya a’zolari havo haroratining keskin isib ketishi bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratdi.

    O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Umid Sulaymonovning ta’kidlashicha, bu yilgi yoz fasli kamdan-kam kuzatiladigan issiq harorat bilan o‘tmoqda. Ayniqsa, bunday jazirama kunlar avtomobil haydovchilariga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik, ayniqsa, haydovchilar tomonidan qizg‘in bahs-munozaraga sabab bo‘layotgan mavzu – avtomobil oynalarini qoraytirish (“tonirovka”) masalasi bo‘lib turibdi.

    Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, “Adolat” SDP fraksiyasi deputatlariga xalqimiz tomonidan haydovchi va yo‘lovchilarni yozning jazirama issig‘idan himoya qilishda yetarlicha sharoitlar yaratish masalasi bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaatlarda asosiy masala sifatida yozning issig‘idan, quyosh nuridan, ayniqsa, ultrabinafsha nurlaridan saqlanishda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berish so‘ralgan.

    Haydovchi ham pul to‘lamoqda, ham jaziramada qolmoqda.

    Biroq Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 90 baravari, yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 120 baravari miqdoridagi mablag‘ni to‘lash orqali amalga oshiriladi. Tabiiyki, ko‘plab fuqarolarimizda buncha mablag‘ to‘lash evaziga bir yilgagina ruxsatnoma olishga moddiy imkoniyat yetarli emas.

    Deputatlar tomonidan ta’kidlanganidek, agar ushbu summani to‘lashga haydovchining qurbi yetsa ham, unga buning issiqdan himoyalanishga hech qanday nafi bo‘lmaydi. Chunki qarorga asosan, oynalarining tusini o‘zgartirish avtotransport vositasining faqatgina orqa oynalariga ruxsat beriladi, xolos. Demak, haydovchi qaror talablarini bajaraman, deb pul to‘laydi va o‘zi yana o‘sha quyosh nurlarida qoladi.

    Albatta, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda, turli veb-saytlarda bu narxning juda qimmatligi, uni butunlay bekor qilish yoki mablag‘ miqdorini kamaytirish, darpardaga ruxsat berish to‘g‘risida takliflar bildirilmoqda. Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari esa mablag‘ miqdorini o‘zgartirishga hech qanday munosabat bildirmagan holda, oynalarining tusini o‘zgartirish fuqarolarimiz xavfsizligiga salbiy ta’sir o‘tkazishini ma’lum qilish bilan cheklanmoqda.

    O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari fuqarolarimizni qiynayotgan ushbu masala yuzasidan, aholi fikrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar va mutasaddi vazirlik pozitsiyasini o‘rganib, ham xalq manfaatlari, ham xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda, o‘z takliflarini ishlab chiqdi.

    Bugungi kunda avtotransport vositalariga ehtiyot qismlari bilan savdo qilish do‘konlarida termal plyonkani uchratish mumkin. Ushbu plyonka bir muncha shaffof bo‘lib, u avtomobil salonini quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlab, jaziramada isib ketishini birmuncha kamaytiradi.

    Deputatlarning ushbu tashabbusini yig‘ilishda hozir bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi va “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari qo‘llab-quvvatladi va bu orqali fuqarolarimizga avtomobildan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratilishi ta’kidlandi.

    Deputatlar e’tirof etganidek, ushbu masalada muammoning yechimi sifatida Hukumat qaroriga tegishli o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi taklif tayyorlanmoqda. Ya’ni, Yo‘l harakati qoidalarining 3-ilovasi 7.4-bandiga muvofiq transport vositasining old, yon va orqa oynalarining yorug‘lik o‘tkazuvchanligi 70 foizdan kam bo‘lsa, undan foydalanish taqiqlanishi belgilangan normani qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Unga ko‘ra, mamlakatimizda ushbu 70 foiz cheklovi 55 foizga tushirilsa, haydovchilar bemalol termal plyonkadan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu esa, nafaqat yo‘lovchilarga, balki, haydovchilarga ham afzallik tug‘diradi. Deputatlar, shuningdek, ushbu amaliyotni jamoat transportlarida ham qo‘llash taklifini ilgari surdi.

    Deputatlar shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan avtomobil oynalarini tusini o‘zgartirish (tonirovka) masalasini ham muhokama qildi.

    18.07.2019, 18:39   Izoh (0)   37279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Cho‘milish mavsumi boshlangandan buyon Samarqandda 11 nafar fuqaro cho‘kib ketgan

    18.07.2019, 18:26

    Jizzax elektr ta’minoti korxonasi katta raqamlar ishqibozi bo‘lib chiqdi: iste’molchilarga 250 mln so‘m va undan yuqori qarzdorlik yozilmoqda

    18.07.2019, 18:15

    Maktabgacha ta’lim vazirligiga qarashli bino va inshootlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga berildi

    18.07.2019, 17:45

    Toshkentda ayol mast holda sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi

    18.07.2019, 17:42

    Qoraqalpog‘istondagi Taxiatosh IESida favqulodda holat yuz berdi

    18.07.2019, 17:33

    Suriyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun ikkinchi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

    18.07.2019, 17:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.