Maktabgacha ta’lim vazirligiga qarashli bino va inshootlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tarkibiga o‘tkazildi. Bu haqda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikka qarashli bino Toshkentning Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 76-uy manzilida joylashgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-maydagi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Endi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ushbu binoda o‘z faoliyatini boshladi.
Izoh (0)