Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilgan X. Sanaqulov yashash xonadoniga Jizzax shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun 269 000 000 so‘m qarzdorlik borligi to‘g‘risida ma’lumot kelganligini bildirgan.
Federatsiya xodimlari hujjatlarni o‘rganib, qayta hisob-kitob qilganda bu qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumot umuman yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aksincha, fuqaro elektr energiyasi uchun 74 000 so‘m ortig‘i bilan to‘lov qilgani aniqlandi.
Shuningdek, Jizzax shahar “Zilol” mahallasida yashovchi Sevara Abdullayeva xonadoniga ham elektr energiyasidan 249 847 000 so‘m hamda S. Karimovga 249 847 148 so‘m asossiz qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)