• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi: Chaqaloqning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan

    Sog‘liqni saqlash vazirligi 2019-yil 5-aprelda tug‘ilgan M.N.ning o‘limi yuzasidan dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, quyidagilarni ma’lum qiladi.

    Darhaqiqat, M.N. 2019-yil 12-iyul kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikada poliomelit, rotavirus va pnevmokokga qarshi emlanadi. Emlash ishlari poliklinika emlash hamshirasi M.Rahmatova tomonidan amalga oshirilgan. Shundan  so‘ng ikki kun davomida bolaning tana harorati 38 darajaga ko‘tarilgan. 15-iyul tonggi soat 3:00 —5:00 da vaziyat yomonlashgach, tez yordam chaqirilgan. Tez tibbiy  yordam brigadasi  kelganda chaqaloq vafot etgan bo‘lgan.

    Bolaga emlash jarayonida qo‘llanilgan vaksinalar xususiyatlarini inobatga olgan holda, aytish mumkinki, emlashdan keyin tana harorati 38 darajada bo‘lishi tabiiy holat. Ushbu harorat juda kam hollarda bolaning markaziy asab tizimiga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, uyda 2-3 kun davomida nima sodir bo‘lganligi, chaqaloq qanday sharoitda parvarish qilinganligi,  unda qanday qo‘shimcha salbiy ta’sirlar kuzatilganligi ham hali ma’lum emas.

    – Aniqlanishicha, 12-iyul kuni poytaxtimizdagi 40-oilaviy poliklinika emlash xonasida 51 nafar bolada emlash amalga oshirilgan bo‘lib, ularning birontasida ham  emlashdan so‘ng reaksiyalar qayd etilmagan, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitar epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Mirzaboyev. – Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda milliy emlash kalendari asosida har oyda 2 yarim million nafar bola vaksinalar bilan emlanadi va ularning emlashdan keyingi holati tizimli  ravishda o‘rganib boriladi. Eng muhimi, yurtimizda shu paytgacha ushbu vaksinalar bilan bog‘liq salbiy holatlar biror marta bo‘lsa-da, ro‘yxatga olinmagan. Jumladan, poliomiyelit va pnevmokokka qarshi vaksinalarga umuman tibbiy cheklov yo‘q, ular o‘lim bilan bog‘liq asoratlarni umuman keltirib chiqarmaydi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining nufuzli ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ham isbotlangan.

    Bundan tashqari, emlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan, jahon tibbiyoti amaliyotida keng qo‘llanilayotgan samarali va eng sifatli  emlash vositalari BMTning Bolalar fondi (UNICEF) va boshqa xalqaro tashkilotlar sertifikati asosida mamlakatimizga olib kelinib, tegishli tartibda qayta tibbiy-laborator sinovlardan o‘tkaziladi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sertifikat bilan kafolatlanadi va sovuqlik zanjiri tizimiga rioya etilgan holda joylardagi emlash punktlariga yetkaziladi. Emlash muolajalari shahar va tumanlarda aholiga biriktirilgan oilaviy poliklinika, chekka joylarda esa qishloq oilaviy poliklinikalari va vrachlik punktlarida  malakali shifokor ko‘rigidan o‘tilgach, maxsus o‘qitilib, tegishli ruxsatnoma olgan hamshiralar tomonidan bepul amalga oshiriladi.

    Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, M.N.ning o‘limiga emlash sabab bo‘lmagan. Shu o‘rinda qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasining milliy profilaktik emlash kalendari va Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i asosida har bir emlangan bola 3 kun davomida patronaj hamshirasi tomonidan xabar olinishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, hamshiralar bolani emlanganidan so‘ng ma’lum vaqt nazoratga olmaganligi holati o‘rganilib, o‘z ishiga loqaydlik bilan qaragan tibbiyot xodimlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi. Ayni paytda M.N.ning o‘lim sababini aniqlashtirish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilmoqda.

    Aniqlangan holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi  jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    17.07.2019, 18:54   Izoh (0)   26997
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 44 yoshli ayol doridan zaharlandi

    17.07.2019, 18:38

    Ichki ishlar vazirligi: Sud-tibbiy ekspertizasi tomonidan Gulnora Karimovada surunkali kasalliklar borligi aniqlangan

    17.07.2019, 18:24

    18-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutiladi?

    17.07.2019, 18:12

    Toshkent viloyatida haydovchi uxlab qolishi oqibatida YTH yuz berdi va ikki kishi halok bo‘ldi

    17.07.2019, 17:32

    Birovning o‘rniga imtihonga kirishga uringan farg‘onalik soxta “abituriyent”ga sud hukmi o‘qildi

    17.07.2019, 17:26

    Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi

    17.07.2019, 17:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40

    Navoiyni zararli tutun qopladi (video)

    O‘zbekiston | 20 iyul, 11:10

    Dastin Porye faoliyatidagi so‘nggi jangida Maks Holloueyga yutqazdi

    UFC | 20 iyul, 10:30

    Saudiya Arabistonining “uyqudagi shahzoda”si vafot etdi

    Dunyo | 20 iyul, 10:30

    Messi penaltisiz urilgan gollar soni bo‘yicha Ronaldudan o‘zib ketdi

    Futbol | 20 iyul, 10:04

    Oleksandr Usik Daniel Dyuboani beshinchi raundda nokautga uchratdi

    Boks | 20 iyul, 09:55

    Uzoq tanaffusdan keyin ringga qaytgan Pakyao chempionlik kamariga ega chiqa olmadi

    Boks | 20 iyul, 09:45

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha pul to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 09:30

    Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

    Dunyo | 20 iyul, 08:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.