17-iyul kuni tongda Toshkent viloyati hududida 4R7 Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Chirchiq daryosi ustidan o‘tgan ko‘prik ustida yengil va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Opel Omega avtomobilini boshqarib kelayotgan 1992-yilda tug‘ilgan N.D. uxlab qolishi oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1957-yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvida bo‘lgan WILSON NS34TS rusumli yuk avtomobilining orqa qismiga kelib urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Opel Omega haydovchisi N.D. va yo‘lovchisi 1997-yilda tug‘ilgan U.A.lar voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)