Kanadaning Nyufaundlend va Labrador provinsiyasida bortida yetti kishi bo‘lgan gidrosamolyot halokatga uchradi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Falokat oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana to‘rt kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.
Air Saguena mahalliy aviakompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortidagilarning to‘rt nafari baliqchi, ikkitasi gid va bir nafari uchuvchi bo‘lgan.
15-iyul kechasi Kvebek provinsiyasidan Nyufaundlenddagi Mistatin ko‘liga uchgan samolyot ertasi kuni qaytishi kerak bo‘lgan. Biroq 16-iyul kuni Mistatin ko‘li yaqinidan samolyot qoldiqlari topilgan.
Izoh (0)