Qozog‘iston lotin alifbosiga 10 yildan so‘ng o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab 2025-yilgacha lotin alifbosiga to‘liq o‘tish rejalashtirilgan, ammo Qozog‘iston prezidenti farmonni 2035-yildan keyingina amalga oshirish mumkin.
Qozog‘iston alifbosini kirillchadan lotinchaga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonga kiritilgan o‘zgartirishlarni 2018-yil fevral oyida Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev tasdiqlagan.
Prezident tomonidan tasdiqlangan alifbo umumiy hisobda 32 ta harfdan iborat. Kirillchaga asoslangan qozoq alifbosida esa 42 ta harf bor.
Mamlakatdagi maktablarda bolalar 2020—2021-o‘quv yilida lotin grafikasiga asoslangan darsliklardan o‘rganishi, barcha hujjatlarning tarjimasi esa 2024-yilgacha tugatilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)