AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat hududida uran ishlab chiqarishga kvota o‘rnatish taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Tramp oldinroq xorijdan uran importi milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirishi haqidagi qarorga kelgan AQSh Savdo vazirligi xulosalariga qo‘shilmadi. Shu bilan birga, mazkur xulosalar unda “tashvish tug‘dirgani”ni ta’kidladi va yadro yoqilg‘isi yetkazib berish jarayonini batafsil tahlil etishni talab qildi.
AQSh fuqaroviy yadro reaktorlarida mahalliy uranning ulushi atigi 7 foizni tashkil etadi, qolgan qismi chetdan eksport qilinadi. Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy eksportchilar qatorida Kanada (25 foiz), Qozog‘iston (24), Avstraliya (20), Rossiya (14 foiz) va O‘zbekiston (4 foiz) qayd etilgan.
Izoh (0)