Moskvada Federal xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasining ikki zobiti qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Zobitlarni FXX ichki xavfsizlik boshqarmasi xodimlari ushlagani aytilmoqda. Mazkur operatsiya joriy yil aprel oyida o‘tkazilgan, biroq bu haqda endi xabar qildi.
Tergovga ko‘ra, Sergey Bogdanov va Sergey Ivanov Moscow Holiday Hotel mehmonxonasi egalaridan 5 million rubl talab qilgan. Buning evaziga biznesmenlar va mehmonxona joylashgan bino huquqi tegishli agentlik o‘rtasidagi tarang vaziyatni hal etish bo‘yicha “xizmatlari”ni taklif qilishgan.
Izoh (0)