AQSh Tinch okeanida 7 tonna kokain ortilgan kema qo‘lga olinishi videosini taqdim etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Videoda AQSh qirg‘oq qo‘riqlash kateri ekipaji suvga yarim tushgan holda katta tezlikda ketayotgan kemani avval quvib, so‘ng unga sakrab chiqqanini ko‘rish mumkin.
AQSh qirg‘oq qo‘riqchisi qiymati 232 million dollarni tashkil etuvchi 7 tonna kokain partiyasini olib ketayotgan yarim cho‘kkan kemani qo‘lga olish jarayoni aks etgan videoni e’lon qilgan. Video lavha AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining Twitter’dagi sahifasiga joylangan.
Qayd etilishicha, voqea 18-iyunda Tinch okeanining sharqiy qismida sodir bo‘lgan. Kemada giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanishi taxmin qilinayotgan 5 kishi borligi topilgan.
Izoh (0)