AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarga 4-iyul kuni Vashington ko‘chalariga tanklarni olib chiqishga va’da berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Harbiy texnikalar Mustaqillik kunini nishonlash munosabati bilan shahar ko‘chalariga chiqariladi.
Trampning aytishicha, fuqarolar uchun avval hech qachon bo‘lmagan tomosha tayyorlangan. Uning ta’kidlashicha, amerikaliklar osmonda dunyoda eng yaxshi qiruvchi samolyotlarni ko‘radi, ko‘chalarda tanklar bo‘ladi.
Pentagon tayyorlangan tadbirlarni 870 ming dollarga baholagan.
Izoh (0)