Irkutsk viloyatidagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, yana 9 kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida turibdi. Bu haqda mintaqadagi toshqin oqibatlarini bartaraf etish komissiyasi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari Vitaliy Mutkoga tayanib, TJournal xabar berdi.
“751 kishi jabrlandi, 153 nafari hozirda shifoxonaga yotqizilgan va bu bo‘yicha raqamlar o‘zgargani yo‘q. IIV ma’lumotlariga ko‘ra, afsuski, halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi. Yana to‘qqiz kishi qidiruvda”, — deydi Vitaliy Mutko.
Prokuratura Irkutsk viloyatida toshqinlar FVV hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatida qonun buzilishlari sabab yuzaga kelanganini bildirgan.
Iyun oyining oxirida Irkutsk viloyatida kuzatilgan kuchli yomg‘ir uchta daryo suvining o‘zanidan toshishiga olib kelgan edi.
Izoh (0)