IShID terrorchilik tashkiloti Chechenistonda politsiyaga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.
Terrorchilar iqrorini internetda jangarilar harakatini kuzatuvchi SITE Intelligence Group portali e’lon qilgan.
Achxoy-Martanovskiy tumanida nazorat-chegara punktida noma’lum shaxs politsyachga pichoq bilan hujum qilgan.
Jinoyatchi granatani otib yuborganidan so‘ng politsiyachilar unga qarata o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Jangari otishma oqibatida halok bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)