Xitoy raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Trampni Shimoliy Koreyaga nisbatan “yon bosish”ga chaqirdi. “Interfaks”ning xabar berishicha, bu haqda Xitoy TIV rahbari Van I ma’lum qilgan.
“Si Szinpin AQShni KXDRga yon bosib, murosa qilishga, shu jumladan KXDRga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga va o‘zaro muammolarni hal qilishga chaqirdi” — degan Van I.
Avval xabar berilganidek, Donald Tramp va Si Szinpin Osakada bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida uchrashgan bo‘lib, uchrashuv yakunida ikki tomonlama muzokaralarni davom ettirishga kelishilgan.
Izoh (0)