Rossiyada ishlab chiqarilgan, Suriyadan uchirilgan raketa o‘zin mustaqil davlat sifatida e’lon qilgan Shimoliy Kipr turk respublikasida, Toshkent qishlog‘i yaqiniga quladi, deb xabar berdi BBC.
Shimoliy Kipr tashqi ishlar vaziri Kudret Ozersayning aytishicha, raketa Surya havo hujumiga qarsh mudofaasi tomonidan mamlakat hududiga Isrol harbiy-havo kuchlari hujumiga nisbatan otilgan bo‘lishi mumkin.
Raketa 1-iyul kuni soat kechasi 1:00 atrofida Nikosiyadan shimolda Suriya qirg‘oqlaridan 225 kilometr masofada joylashgan tog‘ yoniga tushgan. Raketa qulagach tog‘dagi o‘rmon yona boshlagan.
Qayd etilishicha, Suriyadagi obyektlar bombardirovka qilinishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi.
Suriya armiyasi Damashq va Xoms yaqinidagi harbiy raketalarni o‘qqa tutgan Isroil harbiy samolyotlariga zarba berganini aytmoqda.
Izoh (0)