Milliy drujina faollari Urainaning Xarkov shahri markazida norozilik aksiyasi o‘tkazdi. deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ular Konstitutsiya maydonida dor o‘rnatib, unga deputatlar suratlari yopishitirilgan qo‘g‘irchoqlarni osgan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda yozilishicha, ‘milliy lyustratsiya’ga Petr Grigoryenko shoh ko‘chasini qaytadan marshal Jukov nomiga o‘zgartirishga ovoz bergan deputatlar tushgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, Xarkov xalq respublikasini yaratmoqchi bo‘lgan korrupsionerlar ‘osilgan’ ”, — deyiladi xabarda.
https://www.facebook.com/h.saltovka/videos/2314638068784336/
На площі Конституції повісили жопоблок. pic.twitter.com/FuXuxu0jaU
— Oleh K. (@olejastavytklas) July 1, 2019
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya o‘tkazilishiga ruxsat so‘ralmagan. Unda 30 kishi ishtirok etgan. Voqea “Usta va Margarita” filmidan olingan musiqa sadolari ostida o‘tkazilgan.
Izoh (0)