• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Poyabzal qimmatlashishi mumkin, forma majburiy emas, to‘rt yilda to‘rt prokuror almashuvi yoki “qurol sotib olamizmi?”

    “Daryo” saytida haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bangladeshning O‘zbekistonga tashrif buyurgan prezidenti Muhammad Abdul Hamid Buxoroda bo‘ldi. Chirchiqdagi to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi. Abdul Hamid Samarqanddagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qildi. Imom al-Buxoriy majmuasida Qur’on tilovat qildi hamda O‘zbekiston haqida iliq fikrlar bildirdi.

    Bangladesh Respublikasi O‘zbekiston bilan tekstil sohasida yaxshi savdo aloqalariga egadir.

    * * *

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan belgilangan QQS imtiyozlari bekor qilinmoqda. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish rejalashtirilyapti. Paxta xomashyosini ishlab chiqaruvchilar 2019-yil hosilidan boshlab QQS to‘lashga o‘tadi. QQS bo‘yicha imtiyozlar faqat dori-darmon, kitob va gazeta-jurnallar uchun saqlab qolinadi.

    * * *

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “O‘zcharmsanoat” jamoatchilik va ekspertlar tanqididan so‘ng o‘z mahsulotini o‘tkazishning yo‘lini topdi va poyabzallarga import bojlarini oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi uchun yangi taklifni taqdim etdi. Unda erkaklar poyabzali uchun 20 foiz ish haqi stavkasini belgilashni taklif qilingan (avvalroq barcha turdagi poyabzal uchun tavsiya etilgandi). Minimal chegara 3 dollar etib belgilanadi. Taklifga ko‘ra, “bolalar va ayollar poyabzallari bozorining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, boj stavkasi o‘zgarishsiz qolishi mumkin”.

    Mahalliy ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini o‘tkazish uchun proteksionistik choralarga qo‘l urishi azaldan yangilik emas. Avvalroq tadbirkor Zafar Hoshimov import oyoq kiyimlariga bojning oshirilishi kontrabandaning rivojlanishi va davlat budjetiga zarar yetishiga olib kelishini yozgan edi.

    * * *

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    18-iyun kuni xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov “Daryo”ga bergan eksklyuziv intervyusida maktab formasi kelayotgan o‘quv yilida majburiy bo‘lmasligini ma’lum qildi. Shunday qilib, maktab o‘quvchilari uchun majburiy forma joriy qilish 2024-yilgacha kechiktirildi. Maktab formasi joriy etilishiga tarafdor yoki qarshi tomonlarning asos-dalillari bilan tanishishni istasangiz, “Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiyning “Maktab formasi – bahs uchun mavzu” maqolasini o‘qib chiqishingiz mumkin. Unda ikki tomonning o‘z haqiqatlari atroflicha yoritilgan.

    * * *

    Juda ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan qurol olib yurishni tartibga soluvchi qonunni senatorlar ma’qulladi. Qonunda qurol turlari tasniflangan bo‘lib, u fuqaroviy qurol, xizmat quroli hamda jangovar quroldan iborat. Fuqaroviy qurol ov quroli, sport quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish quroliga bo‘linadi. Unda qurolni va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar ro‘yxati belgilangan.

    Ushbu qonunni ko‘plab nashr va blogerlar fuqaroning qurol olib yurishiga ruxsat berilishi deya talqin qildi. Biroq bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva o‘z sahifasida izohlashicha, qonunda qurolga oid betartib munosabatlar tartibga solindi va unda fuqaroga o‘qotar qurol sotilishi bo‘yicha hech gap yo‘q. Aytib o‘tish lozimki, Telegram’dagi bir necha kanallar so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra fuqarolarga o‘qotar qurollarga ruxsat berilishiga qarshilar soni 81–85 foizni tashkil qiladi (1, 2, 3)

    * * *

    Bu haftada O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov lavozimidan ozod etildi. Shu kuniyoq Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlandi.

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev asli yurist bo‘lib, avval bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

    2015-yildan beri to‘rtinchi marta prokuror almashdi. Ularning barchasi poraxo‘rlik aybi bilan ishdan olingan. Shu qatorda Otabek Murodovga ham jinoiy ish ochildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Senat yalpi majlisida chiqishida “u viloyat prokurorlaridan 100 ming, tuman prokurorlaridan 50 ming dollardan pora olgan”, deb aytdi.

    * * *

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Dayjestimizning bundan avvalgi xabarida Senat raisi bosh prokuror etib tayinlanganini yozdik. Uning bo‘shab qolgan o‘rniga esa Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyevaning tayinlanishi O‘zbekiston tarixida voqea deb qayd etildi. O‘zbekistonda birinchi marta Senatga ayol kishi raislik qiladi.

    Tanzila Norboyeva andijonlik bo‘lib, mutaxassisligi pedagog, fan nomzodi unvoni bor. Tanzila Norboyevaning o‘rnini hozirgacha sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Elmira Bositxonova egalladi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    23.06.2019, 17:23   Izoh (0)   69542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda yoshlar velomarafon bo‘lib o‘tdi. Sportchilar va havaskorlar safiga shahar hokimi ham qo‘shildi

    23.06.2019, 17:05

    Toshkentda Nexia ta’mirlash ishlari olib borilayotgan chuqurga tushib ketdi (foto)

    23.06.2019, 16:40

    Gulnora Karimova: 1,2 mlrd dollar miqdoridagi musodara qilingan aktivlarim O‘zbekiston foydasi uchun ishlamoqda

    23.06.2019, 16:09

    Toshkentda qayta qurilayotgan “Eshon Boboxon” jome masjidiga tamal toshi qo‘yildi (foto)

    23.06.2019, 12:05

    Markaziy bank: O‘zbekistonliklar jamg‘armalarining o‘rtacha miqdori 1134 dollarni tashkil etadi

    23.06.2019, 11:47

    Namanganda 300 nafardan oshiq bitiruvchi oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Viloyat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinni egalladi

    23.06.2019, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.