O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilgan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, bu haqda Senatdagi chiqishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilgan.

Foto: “Gazeta.uz”

Xabarga ko‘ra, Otabek Murodov poraxo‘rlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20-iyun kuni Otabek Murodov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror etib tayinlangandi.