Bangladesh prezidenti Muhammad Abdul Hamid Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi UZTEX GROUP mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

2009-yilda ishga tushirilgan korxonada paxtadan aralashma matolar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yiliga 7 ming tonna ip-kalava tayyorlanadi.

Korxona mahsulotlari dunyo bozorida xaridorgirligi bilan ajralib turadi. Mahsulotning asosiy qismi Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston kabi davlatlarga eksport qilinadi. 2018-yil yakuniga ko‘ra, xorij mamlakatlariga 22,67 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Korxona o‘z mahsulotlarini Bangladesh bozorlariga ham yetkazib berishni rejalashtirgan.

Foto: O‘zA

Oliy martabali mehmon korxona faoliyati bilan tanishib, bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasidan ip-kalava ishlab chiqarish, qadoqlash va eksportga yo‘naltirishgacha bo‘lgan jarayonni ko‘zdan kechirdi.

“Iqtisodiyotning barcha jabhalarida, xususan, paxta-to‘qimachilik sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdormiz”, — dedi Bangladesh prezidenti.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA