Namangan shahrida “Yoshlar – tur” velomarafoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat kengashi hamda Namangan shahar hokimligi hamkorligidagi tadbir 30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlab hamda “Yoshlar oyligi” doirasida o‘tkazildi. Unda 500 nafardan ortiq professional va havaskor sportchilar, talaba va o‘quvchilar ishtirok etdi.
“Temiryo‘lchilar oromgohi”dan start olgan velosportchilar shahar markazidagi “Uch favvora” xiyobonigacha bo‘lgan 5 kilometr masofani bosib o‘tdi. Ular safida Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Abdulaziz Mo‘minov va boshqa rahbarlar ham bor edi.
Velomarafon g‘oliblari va faol qatnashchilari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Izoh (0)