Eron inqilobiy gvardiyasi Amerikaga tegishli uchish apparatlari Xormozgan provinsiyasining janubida urib tushirilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Korpusning bayonotida ta’kidlanishicha, gap Golbal Hawk razvedka droni haqida ketmoqda. Tehronning qayd etishicha, qurilma Islom respublikasi havo hududiga kirib kelishi bilan yo‘q qilingan.
AQSh tomoni mazkur vaziyatga hozircha rasman izoh bermadi.
Avvalroq, Pentagon 1000 nafar harbiy xizmatchini Yaqin Sharqqa jo‘natishini e’lon qilgandi.
Izoh (0)