Rossiyaning Meduza nashri jurnalisti Ivan Golunovdan narkotiklar bilan savdo qilishga urinish ayblovi olib tashlangach, u guvoh sifatida so‘roq qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Advokati Sergey Badamshin ma’lum qilishicha, biroz avvalroq Golunov ishtirokida tergov harakatlari olib borilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tergov harakatlari jurnalistning o‘zi ishtirokchi bo‘lgan jinoyat ishi doirasida olib borilgan.
Eslatib o‘tamiz, Golunovning jinoyat sodir qilishdagi ishtiroki isbotlanmagach, undan ayblovlar olib tashlangan edi.
Izoh (0)