• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon matbuoti sharhi: Moldova ikki o‘t va ikki hukumat orasida, amerikacha orzu so‘nib bormoqda, Yevropa esa Turkiyaga hasad qilmoqda

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Makron: Dunyo urushga tortilmasligi kerak

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hozirgi vaqtda dunyo chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda, ehtimolki, dunyo urush yoqasida turibdi, deb bayonot berib, jahon hamjamiyatini iqlim o‘zgarishi, nazorat qilinmaydigan texnologiyalar va tengsizlik muammolarini hal qilish bilan shug‘ullanishga chaqirdi, deb yozadi The Irish Independent nashri.

    Jenevadagi Xalqaro mehnat tashkilotining yuz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Makron iqlimiy va texnologik o‘zgarishlar tufayli iqtisodiy ahvoli xavf ostida qolgan kishilarni to‘lovlar tizimini yaratish orqali himoya qilishga chaqirdi.

    “Men tartibsizlik allaqachon boshlangan deb o‘ylayman. Avlodlarimiz yangi urushni kutmasligi, aksincha, dunyo hozirda qanday bo‘lsa, uni aslicha ko‘rishi lozim”, – dedi Makron.

    Makronning so‘zlariga ko’ra, tengsizlik avtoritarizm sabab kuchaymoqda. O‘zining 44 daqiqalik nutqida prezident Trampga ishora qilar ekan, “saylovchilar demokratiyasi bizni tengsizlikdan himoya qilmayapti, shu bois biz devorlar quramiz, ko‘p qutbli siyosatdan voz kechamiz, demoqda”, deb ta’kidlagan.

    41 yoshli Makron o‘zini Yevropada bosh ko‘tarayotgan o‘ta o‘nglarga qarshi turgan liberal harakat rahbari sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Emmanuel Makronning Fransiyadagi obro‘si “sariq nimchalilar”ning chiqishlari, iqtisodiy siyosat va yoqilg‘i narxining oshirilishiga qarshi chiqishlari bois pasayib ketdi.

    So‘nayotgan Amerika orzusi

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi jarlik tobora keskinlashib borayotgani, o‘z joniga qasd qilishlar miqdori o‘sib borishi, korrupsiya hokimiyat tarmoqlarida tez-tez uchrayotgani demokratik AQShga taqlid qilish davrining o‘tayotganidan darak, deb yozadi Isroilda chop etiladigan Haaretz nashri.

    Asr boshidan beri yoshlar o‘rtasida (34 yoshgacha) o‘z joniga qasd qilishlar 28 foizga oshdi, shu bilan bir vaqtda, o‘rtacha umr uzunligi uch yilga qisqardi. Bir qator boshqa salbiy jarayonlar bilan qo‘shgan holatda bu jarayonni Amerika orzusining so‘nib borishi deb atash mumkin.

    So‘nggi yillarda AQSh hukumati aqlli hokimiyatdan yolg‘onchilar hokimiyatiga qadar bo‘lgan davriy masofani bosib o‘tdi.

    Kapitalizmning asosiy tayanchi meritokratiya – iqtidorli insonlar yuksak cho‘qqilarga erishishi mumkinligidir. Agarda hukumat to‘siq va taqiqlarga mukkasidan ketmasa, iqtidor muvaffaqiyatga erishadi va bundan jamiyat yutadi.

    Ammo keyingi 30 yilda Amerika iqtisodiyotiga nimadir bo‘ldi. Boylar va qashshoqlar o‘rtasidagi farq keskin kuchaydi. AQSh milliy boyligining 22 foizi boy-badavlat 160 ming oila qo‘lidadir.

    Boylar boyigan sari shu mavqeni saqlab qolishga urinadi, natijada meritokratiya plutokratiya – yolg‘onchilar hokimiyatiga aylanib boraveradi. Bunday holat esa tarixda fuqarolar urushi hamdaiqtisodiy inqirozga olib kelgan.

    Daromadi yiliga 1,5 milliondan 2,5 milliongacha bo‘lgan aholining 10 foizdan kamrog‘i hayotning barcha sohalari: maorif, transport, sanoat, fan va sog‘liqni saqlashga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadi.

    Buyuk Amerika orzusi har bir odam qayerda va qanday oilada dunyoga kelishidan qat’iy nazar – agarda ko‘p ishlasa – yuqoriga, Oq Uygacha ko‘tarilishi mumkinligida edi. Lekin hozir bir narsa aniqki, banklardagi millionlarsiz va boy do‘stlarsiz senator yoki kongressmen bo‘lib saylanish imkoniyati yo‘q. 1985-yilda AQShdagi eng nufuzli universitetlar bitiruvchilarining 54 foizi quyi tabaqaga mansub oilalardan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 33 foizga tushib qolgan. Bugungi kunda AQShdagi yosh avlodning yarmida ota-onalaridan yuqoriroq mavqega erishish imkoni yo‘q. Hozirgi hokimiyat egalari tengsizlikni mustahkamlaydigan butun boshli bir siyosiy va ijtimoiy tizimni shakllantirmoqda.

    London iqtisodiyot maktabi professori Enn Eplblaum Tramp o‘z saylov kampaniyasini boshlagan paytdayoq u va Putin uchun umumiy bo‘lgan ramz – kleptokratiyadan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi. Kleptokratiya AQShda yangi siyosiy tizim bo‘lib, yangi aristokratiya Trampni qanchalik yomon ko‘rishini aytmasin, uning ishlarini ma’qullaydi. Ayni shu tarzda prezident o‘z oilasini, do‘stlarini boyitib bormoqda.

    44 foiz amerikalik o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovda Oq Uyni korrupsiya bilan kasallangan deb topishi ham amerikacha orzu so‘nib borayotganidan dalolat.

    Moldova: hukumatlar orasidagi nizolar

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yevropadagi eng qashshoq mamlakatlardan bo‘lgan Moldovada navbatdagi siyosiy inqiroz ikki hukumatni yuzaga keltirdi, deb yozadi Foreign Policy nashri.

    Yakshanba kuni boshlangan siyosiy inqiroz dushanba kuni ikki muxolif hukumatni paydo qildi. Sabab esa oddiy: parlamentga saylovda hech qaysi partiya yetarli ovoz ololmadi.

    Shanba kuni yevropaparast “Akum” va rusparast Sotsialistik partiya ziddiyatlarini bir chetga surib, koalitsion hukumat tuzdi. Ular o‘z oldiga korrupsiyaga qarshi kurashish va oligarx Vladimir Plaxotnyukning Demokratik partiyasini hokimiyat tepasiga qo‘ymaslik maqsadini qo‘ydi.

    Moldovoda ildiz otib ketgan poraxo‘rlikdan hattoki Yevropa parlamenti ham tashvishdaligini bildirgandi. Ammo Moldovaning AQShdagi elchisi Kristina Balan bunday ayblovlar asossiz ekanini aytib o‘tgan edi.

    Koalitsion hukumatni ham Yevropa Ittifoqi, ham Rossiya qo‘llab-quvvatlab chiqqani Sharqiy Yevropada kuzatilmagan holat – Sharq va G‘arbning fikr yakdilligi misli ko‘rilmagan hodisa bo‘ldi. AQh esa yangi hukumatni quvvatlamadi va muzokaralarga chaqirdi.

    Juma kuni Moldova konstitutsiyaviy sudi parlamentni tarqatish va yangi saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Ammo koalitsion hukumat bu qarorni tan olmadi. Yevropa Kengashi bosh kotibi konstitutsion huquq bo‘yicha Venetsiya komissiyasiga bu muammoni o‘rganib chiqishni topshirdi.

    Ayni paytda ikkiga bo‘lingan hukumat Yevropa yoki Rossiya tomonga qarashini bilmay qolgan.

    Yakshanba kuni inqiroz keskinlashdi. Konstitutsiyaviy sud koalitsiya hukumatiga qarshi Demokratik partiyani qo‘llab, sobiq bosh vazir Pavel Filippni prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

    Filipp vakolatni qo‘lga kiritishi ortidan parlament tarqatilganini va yangi saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Lekin Moldova hukumati uning buyruqlarini tan olmadi.

    Tomonlarning hech biri yon berishni istamayapti. Vaziyat fuqarolar urushiga olib bormasa bo‘ldi.

    Yevropaliklar Turkiyaning yutuqlariga hasad qilmoqdami?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Turkiyada nashr etiladigan Daily Sabah nashri “Yevropa Turkiya yutuqlariga hasad qilmoqda” nomli maqola chop etdi.

    Odatda sport va siyosatni aralashtirmaydigan Turkiya sportdan siyosiy manfaatlar uchun foydalanishga qaror qilgan ko‘rinadi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on futbolchi Mesut O‘zilning nikoh to‘yida rafiqasi bilan qatnashgani turk xalqining mehrini qozonishga bo‘lgan urinish bo‘lsa ajablanmang.

    Keyingi paytda Turkiya sport sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Futbolni shu yutuqlar sirasiga kiritsak, Turkiya uchun hech mubolag‘a bo’lmaydi. Turk futbolchilari Yevropaning mashhur jamoalari tarkibida harakat qilayotgani bunga yaqqol misol. Shuningdek, Turkiya terma jamoasi Yevropa chempionati saralash o‘yinlarining barchasida g‘alaba qozonib, H guruhi yetakchisiga aylandi. Terma hatto Jahon chempionati saralashida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub qildi.

    Turk muxlislari benihoya xursand, fransuzlar esa xafa. Fransiya matbuoti shu darajada haqoratomuz fikrlarni gazeta sahifalariga sig‘dirdiki, Fransiya va Turkiya futbol tufayli emas, geografik kenglik uchun urushganday tasavvur uyg‘ondi.

    Ayrim o‘ng siyosatchilar imkoniyatdan foydalanib, millatchilik ruhidagi bayonotlar bilan chiqa boshladi. Fransuzlar nafrati ustiga Germaniya matbuotida nemis milliy terma jamoasida ko‘p o‘ynagan, kerakli vaqtda jamoaga yordam bera olgan Mesut O‘zil haqida ham qayg‘uga botiradigan fikrlar urchidi. Hatto bir nashr to‘yda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qatnashgani uchun Mesut tomonga haqorat toshlarini otdi.

    Islandiyachi? Islandiyaga Yevro-2020 saralash o‘yinlariga yetib kelgan jamoaga qarshi dushmanlik ruhi bilan o‘ynadi. Do‘stlik elchisi bo‘lgan sport vakillarini uch soat mobaynida aeroportda ushlab turish qanday sportchilik nizomlari-yu odob-ahloqiga to‘g‘ri keladi? Islandiya sportni siyosat bilan ajratolmay qoldi.

    Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bu voqeaga nisbatan norozilik bildirdi.

    Maqola “Turkiya o‘z hududida barcha sohalarda yutuqlarga erishayotgani, mustaqil va kuchli davlatga aylanayotgani irqchilik kayfiyatidagi taraflarga yoqmay kelyapti. Ular nimaiki qilmasin, Turkiya yutuqlarga erishib boraveradi”, degan xulosa bilan yakunlanadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    15.06.2019, 09:26   Izoh (0)   62886
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Merkelning davomchisi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi

    15.06.2019, 00:20

    AQSh Eronning tankerdagi portlashga aloqadorligini isbotladi

    15.06.2019, 00:05

    Jazoir prezidentligiga sobiq nomzod Ali Qodiriy qo‘lga olindi

    14.06.2019, 23:50

    Putin: Rossiya Ukraina bilan aloqalarni albatta tiklaydi

    14.06.2019, 23:33

    Tramp Belarusga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

    14.06.2019, 20:30

    Turkmaniston prezidenti to‘satdan harbiy mashg‘ulot uyushtirdi va velosipeddan turib o‘q uzdi

    14.06.2019, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropadagi yong‘inlar Lyuksemburg kattaligidagi hududni kul qildi

    Dunyo | 18 iyul, 17:10

    Gapirmaydi, faqat akillaydi: Tailandda itlar orasida ulg‘aygan bola topildi

    Dunyo | 18 iyul, 16:55

    Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan 3 narsani talab qildi

    Sport | 18 iyul, 16:50

    “Ukraina Rossiyaga qarshi turish uchun qurol ishlab chiqarishni oshiradi” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 iyul, 16:40

    Turk seriallari suratga olinadigan joylarga sayohat: qaysi hududda mashhur aktyorlarni uchratish mumkin?

    Kino | 18 iyul, 16:30

    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi

    Reklama | 18 iyul, 15:00

    Form kompaniyasi suzuvchilar uchun Smart Swim 2 nomli “aqlli” ko‘zoynaklarni taqdim etdi (foto)

    Texnologiyalar | 18 iyul, 16:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.