Angela Merkeldan so‘ng partiya rahbari bo‘lgan Germaniya Xristian-demokratlar ittifoqi (XDI) vakili Annegret Kramp-Karrenbauerning fikricha, Rossiya qo‘shni davlatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Kramp-Karrenbauer xonimning so‘zlariga ko‘ra, Azov dengizi “ruslar suvi bo‘lmasligi kerak”. U Rossiyaga qarshi sanksiyalarning uzaytirilishini qo‘llab-quvvatladi va Yevropaning sanksiyadan voz kechishi “xalqaro huquqning buzilishiga olib kelishi mumkin”ligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar Qrim Rossiya tarkibiga kiritilganidan so‘ng 2014-yilda Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi. Yarimorolda 2014-yilning 16-martida referendum o‘tkazilgan bo‘lib, ovoz berganlarning 96,77 foizi Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)