Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov to‘satdan harbiy mashg‘ulot o‘tkazib, o‘zining merganlik mahoratini ham namoyon etdi. Bu haqda “Turkmenistan: zolotoy vek” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbari milliy armiyani to‘satdan tekshirishga qaror qilgan va yarim kechasi alohida harbiy bo‘linmani jangovar tayyorgarlikka keltirishni buyurgan. Harbiy qismdan tashqari trevoga asosida o‘quv mashg‘ulotiga harbiy samolyotlar va vertolyotlar ham jalb etilgan.
Jangovar shaylikni kuzatgan Berdimuhamedovning o‘zi ham malakasini namoyish qilishga qaror qilgan. U velosipedga o‘tirib, nishonga qarata o‘q uzgan.
“Nishonga aniq urgan Turmaniston prezidenti o‘zining jismoniy tayyorgarligi va malakasini yana bir bor namoyon qilib, harbiy xizmatchilar, ayniqsa yoshlarga namuna bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)