Moskva Kiyev bilan aloqalarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Mir” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Putin Ukrainada Vladimir Zelenskiy hokimiyatga kelganidan so‘ng ikki davlat munosabatlari kelajagini qanday ko‘rayotganiga izoh berdi.
“Biz shak-shubhasiz aloqalarimizni tiklaymiz. Bir xalqning turli qismlari o‘rtasidagi munosabatlar bunday qolishi mumkin emas. Siyosiy elitalar bilan munosabatlarimizdan qat’iy nazar shunday bo‘ladi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Izoh (0)