• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nishon markaziy shifoxonasida muammo bor: hal etilmasa hali ko‘p bemorlar koridorda yotadi

    12-iyun kuni Daryo — Live kanalida “Bu — Qashqadaryo viloyati Nishon tumani markaziy shifoxonasining tug‘uruqqacha bo‘lgan davolanish bo‘limi” sarlavhasi ostida suratlar e’lon qilingandi. Unda “Daryo” mushtariysiga tayanib, Nishon tumani markaziy shifoxonasining tug‘ruqqacha bo‘lgan davolanish bo‘limida ayollar koridorda yotgani, bitta palataga 8—9 nafardan ayol joylashtirilgani yozilgandi.

    Foto: Daryo — Live

    Shundan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham bu haqda bayonot berdi. Bayonotda aytilishicha, barchasi risoladagidek, muammo yo‘q. Emishki, Nishon tumani markaziy shifoxonasining homiladorlar patologiyasi va ginekologiya bo‘limlarida yo‘lakda yotib davolanayotgan bemorlar aniqlanmagan. Bemorlar o‘rinlariga joylashuviga qadar o‘zlari va qarindoshlari yerga joy to‘shab yotib olgan.

    Ammo “Daryo” muxbirining ko‘rgan-kechirganlari Nishondagi markaziy shifoxonada vaziyat boshqacha ekanligidan darak beradi.

    — Haqiqatdan ham o‘sha kuni og‘ir ahvolda bo‘limga keldim, — deydi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan suratda “nosilka”da yotgani tasvirlangan Gulnoza Qodirova. – Baraka topishsin, do‘xtirlar tezda yordam ko‘rsatishdi. Bolamni asrab qolishdi. Ahvolim yomonligi bois, palatalarda joy bo‘lmasa ham, koridorda bo‘lsa-da, yotib davolanishimni aytdim. Bu yerda shifokorlarning zarracha aybi yo‘q. Hamma gap sharoitda. Avval shart-sharoitni to‘g‘rilab qo‘yish kerak.

    Gulnoza Qodirova.

    Gulnoza Qodirova.
    Foto: “Daryo”

    — Men kelgan paytimda ham joy tanqis ekan, joy yo‘q deyishdi, — deydi bemor Zohida Ergasheva. – Shunday bo‘lsa-da, koridorda kutib turdim. Ikki soat o‘tgach, joy bo‘shadi. Palataga joylashdim. Hozir davolanyapman.

    Ma’lum bo‘lishicha, har ikkala bemor ham 10-iyun kuni, biri qon ketish, ikkinchisi suv ketishi tashxisi bilan bo‘limga murojaat qilgan. Palatalarda joy yo‘qligi bois, koridorda kutishga majbur bo‘lgan.

    Nishon tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosarining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat, tug‘uruq bo‘limidan emas, patologiya bo‘limida olingan.

    Bemorlar yotgan patologiya bo‘limi koridori.

    Bemorlar yotgan patologiya bo‘limi koridori.
    Foto: “Daryo”

    — 2017-yil yonimizdagi bino talabga javob bermay qolgani bois, uning ikkinchi qavatida joylashgan tug‘uruq bo‘limi, patologiya va ginekologiya bo‘limlari joylashgan ushbu binoga kelib joylashdi, — deydi bosh shifokor o‘rinbosari Muyasssar Halilova. – Ayni paytda tug‘uruq bo‘limi binoning ikkinchi qavatida joylashgan. Surat olingan joy esa patologiya bo‘limi koridori hisoblanadi. Bemorlarni joylashtirish bilan bog‘liq muammoimiz bor albatta, ammo patologiya bo‘limidan olingan suratni “bu tug‘uruq bo‘limi, bu yerda nafaqat onalar, bolalar ham yotadi”, deya yolg‘on gapirish insofdan bo‘lmas.

    Muyassar Halilova.

    Muyassar Halilova.
    Foto: “Daryo”

    — O‘sha kuni issiqdan qiynalib ketganim uchun palatamdan chiqib, koridorda joy qilib yotdim, — deydi yana bir bemor Jonguloy Eshbo‘riyeva. – Palatalarning haddan ortiq issiq va dimligiga chiday olmayman-da.

    Tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi (ayni damda o‘sha voqea sabab ishdan bo‘shatilgan) Nargiza Sazanbayevaning ma’lumot berishicha, bo‘lim patologiya va ginekologiyani qo‘shib hisoblaganda 90 o‘rinli. Ammo bo‘limda ayni kunda 101 nafar bemor yotib davolanmoqda.

    Jurnalistik kuzatuvlarimizga ko‘ra, o‘sha kuni biz bilan suhbatlashgan Gulnoza Qodirova hali ham palatada ortiqcha, 5-bemor bo‘lib zambilda yotib davolanmoqda.

    Nargiza Sazanbayevaning qo‘shimcha qilishicha, bo‘limda bemorlar ko‘payib ketishiga viloyat perinatal markazining ta’mirlanayotgani ham sabab bo‘lmoqda.

    Nargiza Sazanbayeva.

    Nargiza Sazanbayeva.
    Foto: “Daryo”

    — Har oy ahvoli eng og‘ir bemorlarimizning 15–20 nafari viloyat perinatal markaziga yo‘llanma olardi, — deydi Nargiza Sazanbayeva. – Shaxsan o‘zim oyiga 22 nafargacha bemorni olib borganman. 1-iyundan u yerda ta’mirlash ishlari ketayotgani bois, ayni damda bizning bemorlarimiz soni ortib ketdi.

    Tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Yoqub Shonazarovning aytishicha, 170 o‘rinli 5 qavatli bino 1985-yil foydalanishga topshirilganicha, haligacha ta’mirlanmagan. E’tibordan chetda qolgan. Shu boisdan ham 2017-yil binoni tark etishgan. Jumladan binoning 2-qavatida joylashgan tug‘uruq bo‘limi ham. 5 qavatli bino mana ikki yildirki huvillab yotibdi. Ta’mirga muhtoj.

    — Aytishlaricha, investitsiya dasturiga ko‘ra, 2020-yil ta’mirlab berishar ekan, — deydi bosh shifokor. – Kutyapmiz.

    Gapning indallosini aytganda, bo‘limda muammo yo‘q emas. Bor. Bemorlar uchun joy muammo. Haqiqatdan ham og‘ir ahvolda kelgan bemorlar joy yetishmasligi bois, u xoh patologiya, xoh tug‘uruq bo‘limi koridori bo‘lsin, o‘sha yerdan vaqtincha qo‘nim topayotgani afsuski, bor gap. Agar bu muammoga vaqtida yechim topilmasa, hali ko‘plab bemorlar bu koridorlarda yotishi aniq.

    Bo‘limga keluvchi bemorlar uchun zaxira joy.

    Bo‘limga keluvchi bemorlar uchun zaxira joy.
    Foto: “Daryo”

    Yanayam yomoni, bu faqatgina kechagi gap emas ekan. 2014-yil shu yerda farzandini bag‘riga bosgan onaning guvohlik berishicha, bu holat 2014-yil ham bo‘lgan. O‘sha yili ham xuddi shunday koridorda yotganlar bisyor bo‘lgani aytilmoqda. Ammo shu gaplarni aytganlarning hech biri bo‘lim shifokorlaridan nolimadi. “Baraka topishsin, qo‘llari yengil”, — deyishdi. “Muammo faqat bino va yaratilgan sharoitda”, — deya bot-bot takrorlashdi ham.

    O‘zbekiston shifoxonalarida joy yetishmasligi yoki yomon sharoit tufayli bemorlar palatadan tashqarida yotishga majbur bo‘lishi oldin ham kuzatilgan. “Daryo”da 2019-yil bahorida joy yetishmasligi sabab Navoiy viloyatidagi perinatal markazda ayollar polga yotqizilayotgani, 2017-yil yozida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining bemor bolalari tomda yotishga majbur bo‘lgani haqida materiallar chop etilgandi.

    14.06.2019, 12:10   Izoh (0)   29421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada sayyor qabul: Ikki yuzga yaqin odamning muammosi ijobiy hal etildi

    14.06.2019, 11:36

    Deputatlar “Daryo” muxbirining yangi qurilgan turar joylarni sotib olishda fuqarolarga ikki xil boj belgilangani haqidagi savoliga javob berdi

    14.06.2019, 11:14

    Davlat xizmatlari markazlari orqali OTMga hujjat topshirganlik uchun to‘lov undirilmasligi ma’lum qilindi

    14.06.2019, 11:03

    Namanganda O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes forumi boshlandi

    14.06.2019, 10:50

    Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida toshkentlik ayolning 7 yillik muammosi hal bo‘ldi

    14.06.2019, 10:32

    TDYUning Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

    14.06.2019, 09:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.