Eron AQSh rasmiylarining Ummon bo‘g‘ozida neft tankerlariga hujumdagi ayblovini qat’iy rad etdi va qoraladi. Bu haqda mamlakatning BMTdagi doimiy vakilligi bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Vakillik AQSh va uning mintaqadagi ittifoqdoshlari, xususan, Saudiya Arabistoni va BAAni “urush olovini yoqish”da aybladi.
Ma’lumot uchun, 13-iyun kuni Ummon bo‘g‘ozida Front Altair i Kokuka Courageous tankerlariga hujum uyushtirildi. Kemalarda portlash va yong‘in yuz berdi, ularning ekipaji to‘liq evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)