Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis Bryusselni Moldovadagi siyosiy inqirozni bartaraf etish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Moldova prezidenti Igor Dodon esa Moldova Konstitutsion sudini mamlakat konstitutsiyasini muttasil buzib kelganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudning ko‘pgina qarorlarini qayta ko‘rib chiqish lozim.
O‘tgan haftada Vladimir Plaxotnyuk rahbarligidagi Demokratik partiya boshqaruvi ostidagi Moldova Konstitutsiyaviy sudi uni prezidentlik lavozimidan chetlatishi va parlament koalitsiyasini noqonuniy deb topishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)