Isroil bosh vazirining turmush o‘rtog‘i Sara Netanyaxu davlat budjetidagi mablag‘lardan foydalanib restoranlarda ovqat buyurtma qilganini tan oldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Bundan bir yil oldin firibgarlikda ayblangan Sara Netanyaxu 50 ming dollarga ovqat buyurtma qilib, uni davlat budjetidagi pullar egaziga to‘laganini tan oldi.
“Birinchi bor Isroilda mamlakat yetakchisining rafiqasi ovqat uchun sud oldida turmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlash kerakki, Isroil bosh vazirining xotini 8 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Bunga qadar Netanyaxu aybini inkor etib kelgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u “jodugarlarga qarshi siyosiy ov”ning qurboniga aylangan.
Izoh (0)