Donald Tramp ABC telekanaliga bergan intervyusida Air Force One yangilangan prezident samolyotining dizaynini taqdim etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ushbu samolyot 2024-yilda AQSh prezidenti aviaparki uchun qabul qilib olinadi.
“Bu yangi Air Force One. Uni o‘zim uchun emas, boshqa prezidentlar uchun qilyapman. Buning ham modeli 747, ammo samolyot ancha katta, qanotlari uzun”, — dedi Tramp.
Tramp qo‘lida ko‘rsatgan qog‘ozdagi suratdan prezident borti o‘rtasida qizil chiziqcha bo‘lgan oq va tim ko‘k ranglarga bo‘yalishini payqash mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, prezident uchun mo‘ljallangan Boeing-747 samolyotining hozirgi oq-ko‘k ranglari oxirgi deyarli 30 yil davomida o‘zgarmagan.
Izoh (0)