Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan 24 nafar bolaga sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir tumandagi “Versal” to‘yxonasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda 350 nafar ota-onalar, bolalar va mehmonlar ishtirok etgan.
Tuman hokimi o‘rinbosari O.Sharopov to‘yda yig‘ilgan barcha ota-onalar, bolalar va mehmonlarni tabriklagan. To‘yda bolalar uchun tuman Yoshlar Ittifoqi tomonidan sovg‘alar berilgan.
Izoh (0)