Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan shahridagi 26-mehribonlik uyida bayram tadbiri tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va ustoz-murabbiylarni bayram bilan qutlab, muassasaga kitoblar to‘plami hamda Isuzu avtobusi kalitini topshirdi.
Shuningdek, bolalar yozgi oromgohlarga yo‘llanmalar va sport anjomlarini ham qabul qilib oldi.
Tadbir davomida badiiy-musiqali dastur namoyish etildi va turli musobaqalar tashkillandi.
Izoh (0)