31-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.
O‘zbekistonliklar iyun oyida necha kun dam olishini huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev hisoblab chiqdi va o‘zining Telegram’dagi kanali orqali e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasi uchun: ish — 19 kun, dam olish — 11 kun; 6 kunlik ish haftasi uchun: ish — 24 kun, dam olish — 6 kun.
***
Xonanda Jahongir Otajonovga qilgan “nojoiz munosabati” tufayli Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatildi.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o‘z munosabatini yo‘llagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlar orqali muborak Ro‘zai Ramazon oyida keng ommaning g‘ashiga tegish hollari kuzatildi.
***
Qirg‘iziston chegarachilari O‘zbekiston fuqarosini yaraladi.
Chegara naryadi chegara yaqinida O‘zbekistonning ikkita avtomashinasini aniqlagan. Ular chegarachilarning to‘xtash haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirishgan. Chegara naryadi havoga qarata ogohlantirish o‘qi uzgan. Biroq, mashinalar to‘xtamasdan harakatda davom etgan va Qirg‘iziston naryadi qurol qo‘llashga majbur bo‘lgan.
***
Ramazon hayiti namozi o‘qiladigan vaqt ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, 5-iyun kungi Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da, boshqa joylarda namoz vaqtidagi tafovutlar inobatga olib o‘qiladi.
***
KXDRning yuqori martabali amaldorlari AQSh bilan o‘tkazilgan sammit muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab qatl etildi.
KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan mart oyida o‘tkazilgan sammit muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng, bir nechta yuqori martabali amaldorlarni, jumladan, Kim Xek Chxolni ham qatl etishga qaror qilgan.
Izoh (0)