Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Namangan—Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatildi. Uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1200 kassetada 300 milligrammlik, umumiy qiymati 237,8 million so‘mlik qalbaki Regapen nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)