Yaponiyaning Kavasaki shahridagi Noborito bekati yonida noma’lum erkak maktab avtobusini kutib turgan o‘quvchilarga pichoq bilan tashlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 20 kishi jarohatlandi, ulardan 13 nafari 6-7 yoshdagi o‘quvchi qizlardir.
Yaralanganlardan ikki nafari, jumladan, bir bolada hayot alomatlari sezilmayotgani bildirilmoqda.
Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Politsiya u bo‘yniga pichoq urgani va hushsiz holda ekanini aytmoqda. Hodisa joyida ikkita pichoq topildi.
Izoh (0)