AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyaning yangi imperatori bilan uchrashgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘ldi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
Uchrashuvdan so‘ng Tramp Yaponiya bosh vaziri Sinzo Abe bilan muzokaralar olib boradi. Ular Koreya yarim orolidagi vaziyatni, shuningdek, ikki tomonlama savdo masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Naruxito 1-may kuni mamlakat imperatori sifatidagi faoliyatini boshladi.
Shu bilan birga, Yaponiyada “Reyva” davrining 1-yili boshlandi.
Izoh (0)