Rossiya va Xitoy huquqni muhofaza qiluvchilari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarga O‘zbekistonni kuzatuvchi sifatida taklif qilishadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Qayd etilishicha, hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston delegatsiyalari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Sharqiy harbiy okrug “G‘urumsaroy” dala-o‘quv maydonida “Jangovar hamdo‘stlik – 2019” shiori ostidagi O‘zbekiston – Belarus maxsus bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)