O‘zbekistonda bugungi kunda “Ko‘cha” so‘zining ma’nosi butunlay o‘zgarib, unda kriminal ma’no deyarli qolmagan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Internetda joylashtirilgan maqolalardan birida “yuqori davlat lavozimida ishlovchi shaxs” tomonidan tayinlangan Toshkent bo‘yicha allaqanday “vaziyat egasi”ning (polojenets) so‘zlari keltirilgan edi.
IIBB bunga to‘liqroq ishonch hosil bo‘lishi uchun hozirda tadbirkor, ilgari jinoiy muhit a’zolaridan biri bo‘lgan 52 yoshli Dilmurod K.ning fikrini keltirib o‘tgan.
— Men ilgar bir necha bor turli xil jinoyatlar uchun sudlanib, uzoq vaqt ozodlikdan mahrum bo‘lganman. O‘zbekistonda bugun “o‘g‘rilik tushunchasi” ham, davlat hududida jinoiy muhitni tartibga solib turadigan hech qanday “vaziyat egalari” ham, “kuzatuvchilar” ham yo‘q. Bu endi qiziq emas. Menga bir nazar soling: biznes bilan shug‘ullanaman, hammasi qonun doirasida – butun madaniyatli dunyodagi kabi. Muammolar bo‘lib turadi, lekin ularni barchasini qonuniy hal etish mumkin.
Izoh (0)