Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2017 yil 26 iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor — Narpay tibbiyot birlashmasidan undiruvchi — G.Irisovaning foydasiga 45,05 million so‘m undirish belgilangan edi.
MIB matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, shu asosda tibbiyot birlashmasining barcha hisobraqamlariga band solingan.
“Ijro harakatlari samarasida qarzdor Narpay tibbiyot birlashmasidan 45 million 52 ming so‘m to‘liq undirilgan”, — deyiladi MIB axborotida.
Izoh (0)