O‘zbekiston bir necha xorijiy OAV va inson huquqlari tashkilotlari saytlariga qo‘yilgan to‘siq olib tashlandi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi.
Agentlik buni Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda eng ko‘p aholiga ega davlatni tashqi dunyoga ochish bo‘yicha sa’y-harakatlari natijasi sifatida baholadi.
Qayd etilishicha, ushbu muammo Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir tomonidan ko‘tarilgandi. Shundan so‘ng bu borada ilk qadamlar tashlangan.
Dezir Twitter’dagi sahifasida ushbu qarorni olqishlagan va “Ozodlik” radiosi sayti ham tez orada blokirovkadan chiqarilishiga umid bildirgan.
Izoh (0)