Hindistonning sharqiy qismida joylashgan Odisha shtatiga Fani sikloni yopirildi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, shiddatli shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yetgan.
Odisha shtati ma’muriyati 1 milliondan ortiq odamni evakuyatsiya qilib, ularni vaqtinchalik yashash lagerlariga joylashtirmoqda.
Hindiston Temir yo‘l vazirligi Odisha hududidan o‘tuvchi 220 dan ortiq poyezd qatnovi bekor qilinganini bildirdi. Bundan tashqari, Hindiston Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Bxubaneshvar shahridagi aeroport yopilganligi e’lon qilgan, shuningdek, Kalkuttadagi aeroport ham yopilishi aytilgan.
Fani sikloni Bengal ko‘rfazi tarafdan yopirilgan. Prognozlarga ko‘ra, kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq Mozambikda Iday tropik sikloni sodir bo‘lgani, oqibatda 700 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)