Rossiyaning Primorya o‘lkasidan bo‘lgan pauerlifter (kuch uchkurashchisi) Ivan Savkin og‘irligi 11 ming tonna bo‘lgan konteynerlarni tashishga mo‘ljallangan teploxodni joyidan siljitib yangi jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi “Izvestiya”.
Savkin 2-may kuni, sig‘imi salkam 16 ming tonnaga teng “Vladimir Myasnikov” teploxonini birinchi urinishdayoq joyidan qimirlatdi. U kemani 2,5 metr nariga sudrab borishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bu vaqtda qarama-qarshi tomondan 18m/s. tezligida kuchli shamol esayotgan bo‘lgan.
“Ushbu rekordimni ertadan keyin tug‘ilgan kunini nishonlaydigan rafiqam Natalyaga bag‘ishlayman”, — deydi Ivan jurnalistlarga bergan intervyusida.
Ivan Savkin shu kunga qadar Ginnesning rekordlar kitobidan 3 marotaba o‘rin olgan.
Izoh (0)