Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Skandinaviya aviatarmog‘i (SAS) hamda uchuvchilar Kasaba uyushmasi yetti kun davom etgan ish tashlash mojarolaridan so‘ng o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda aviakompaniya rahbari Rikard Gustafson ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: SAS

Foto: SAS

“Men chuqur mamnuniyat bilan mijozlarimiz va hamkasblarimizga shuni ma’lum qilamanki, mojaro ortda qoldi”, — deydi 30 soatdan ortiq Kasaba uyushmasi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaradan so‘ng. Tomonlar yangi shartnomani 3 yil muddatga uzaytirish va ish haqini 3,5 foizga oshirish kelishib oldi.

Aviakompaniyada sodir bo‘lgan ish tashlashlar oqibatida 4 mingga yaqin aviareyslar bekor qilingan edi. Ekspertlarning fikricha, SAS buning oqibatida har kuni 10 million yevrogacha pul yo‘qotgan. Ish tashlash uchuvchilar o‘zlarining ish haqini 13 foizga oshirishni talab qilganidan so‘ng kelib chiqqandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada italiyalik ayol YTH oqibatida vafot etdi
Mahalliy
Jahon banki prognozi: O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘ladi
Shou-biznes
Qirol Abdulla II va qirolicha Raniya baxtining aks tomoni: Iordaniya qirollik oilasining sirlari va fojialari