Oliy sud rahbariyati Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Sherobod va Denov tumanlari hamda Termiz shahridagi Xalq qabulxonalarida fuqarolarni qabul qildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, sayyor qabullarda uch yuzga yaqin fuqarolarning shikoyati tinglangan. Bir necha o‘nlab masalalar joyida hal etilgan, yana shuncha masala bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.
Shuningdek, 13 nafar mahbus jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarilgan. Axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va sinov muddatini o‘tayotgan 42 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod etilgan.
Мa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilinib, ma’muriy ish tugatilgan.
Izoh (0)