Turkiyaning “Ipakyolu” strategik tadqiqotlar markazi va Broadcasting group tomonidan tashkil etilgan marosimda Turkiya dunyosiga qo‘shgan hissasi uchun bir qancha siyosatchi, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.
“O‘zA”ning xabar berishicha, “Yilning davlat arbobi” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib ko‘rilgan. Mukofotni Prezident nomidan Istanbuldagi bosh konsul Shuhrat Aminov qabul qilib oldi.
Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha Qirg‘iziston, Gagauziya, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon davlatlarining konsullari ham diplomatik korpus vakillari mukofotlarni qabul qilib oldi.
Izoh (0)