Namangandagi barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida hokimliklar, prokuratura, bandlikka ko‘maklashish markazlari va boshqa idoralar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yarmarkalarda jami 4734 nafar ta’lim muassasalari bitiruvchilari, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar, chet mamlakatlarda bo‘lib qaytgan fuqarolar ishtirok etdi.
258 nafar fuqaroga “Har bir oila tadbirkor” dasturi asosida kreditlar ajratish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi. 1595 nafar yarmarka qatnashchisi o‘z hududidagi korxonalar, davlat va jamoat tashkilotlariga ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar tuzdi.
Izoh (0)