2019-yil 9-aprel kuni Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri Orol bo‘yi ko‘chasida yashovchi R.R. uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi opasi O‘.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada ayol kasalxonaga yotqizilib, R.R.qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)